Ijtimoiy tarmoqlar orqali 2025-yil 26-mart kuni Mo‘ynoq tumani 18-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida kitob sotilgani haqida murojaat tarqaldi.
Ushbu murojaat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha maktab ta’limi vazirligi tomonidan nazoratga olinib o‘rganib chiqildi.
O‘rganish davomida Urganch kitob markazi tomonidan 60 nomdagi adabiy kitoblar umumiy o‘rta ta’lim maktablariga kitob aksiyasini o‘tkazish maqsadida tarqatilgan. Aksiya davomida kitob xarid qilish majburiy bo‘lmagan. Ota-onalar hamda homiylar tomonidan kitob sotib olinmaganligi sababli joriy yilning 3 mart kuni kitoblar yig‘ib olinib, Urganch kitob markaziga qaytarib berilgan.
Ushbu kitob aksiyasini tashkil etishda xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mas’ul xodimlar Mo‘ynoq tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining darsliklar bo‘yicha metodisti B.Ikmetullayev, Mo‘ynoq tumani 18-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori v.v.b I.Ayaganov hamda shu maktabning 4-sinf rahbari Z.Ametovaga intizomiy jazo chorasi qo‘llanilganligini ma’lum qilib bildiramiz.
QR Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Axborot xizmati
















