Shveysariya elchisi Nukus shahridagi 34-sonli maktab faoliyati bilan tanishdi
Bugun Shveysariyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Simone Giger xizmat safari bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida elchi Nukus shahridagi 34-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Xususan, maktabdagi STEAM sinfi, robototexnika xonasi hamda inklyuziv ta’lim sinfi faoliyati ko‘zdan kechirildi.
Mehmonlarga ushbu yo‘nalishlarda o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini o‘quv jarayoniga tatbiq etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

















