Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori vakant lavozimlari haqida ma’lumot

Tashkilot direktori lavozimiga nomzodlar menejerlik sertifikatiga ega bo‘lishi hamda vakant direktorlik lavozimi uchun vazirlikning «madmpro.uzedu.uz» saytiga hujjatlarini topshirishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ta’lim va ilm-fan vazirligi hamda Direktorlar Kengashi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori vakant lavozimiga tavsiya etilgan nomzodlarning lavozim talablariga mosligini o‘rganadi hamda lavozim talablariga mos keladigan nomzodlar bilan suhbat o‘tkaziladi.

Tashkilot direktorlarini lavozimga tayinlash Direktorlar Kengashi tomonidan o‘tkazilgan suhbat yakuni bo‘yicha tegishli tavsiyasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ta’lim va ilm-fan vazirligi tomonidan tayinlanadi.

Direktorlikka nomzod bo‘lsangiz quyidagi vakant direktor lavozimiga 2026-yil 20-noyabr sanasidan 24-noyabr sanasigacha hujjatlaringizni topshirishingiz mumkin.

Amudaryo tumani 14, 45, 48, 56-sonli tashkilotlar;
Beruniy tumani 59-, 60-sonli tashkilotlar;
Bo‘zatov tumani 1-, 6-, 9-, 10-, 12-, 13-sonli tashkilotlar;
Kegeyli tumani 17-, 19-sonli tashkilotlar;
Qonliko‘l tumani 8-sonli tashkilot;
Qorao‘zak tumani 16-, 17-sonli tashkilotlar;
Qo‘ng‘irot tumani 23, 28, 33, 36, 37-sonli tashkilotlar;
Mo‘ynoq tumani 6-, 8-, 9-, 19-sonli tashkilotlar;
Nukus tumani 12-sonli tashkilot;
Nukus shahri 57-sonli tashkilot;
Taxiatosh tumani 11, 17, 19, 20, 21, 22-sonli tashkilotlar;
Taxtako‘pir tumani 16-sonli tashkilot;
To‘rtko‘l tumani 10, 16, 25-sonli tashkilotlar;
Chimboy tumani 6-, 21-sonli tashkilotlar;
Shumanay tumani 13-sonli tashkilot;
Ellikqal’a tumani 24, 36, 37, 38, 39-sonli tashkilotlar.