TA’LIM PSIXOLOGLARI MUNOSIB TAQDIRLANDI

22-noyabr xalqaro psixologlar kuni munosabati bilan ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan, yosh avlodning ruhiy salomatligi, ma’naviy kamoloti va psixologik farovonligini ta’minlash yo‘lida samarali mehnat qilayotgan psixologlar munosib taqdirlandi.

Taqdirlash davomida ta’lim tizimida psixologik xizmatni rivojlantirish, o‘quvchi-yoshlarning ruhiy salomatligini saqlash, ularning shaxsiy kamoloti va ijtimoiy moslashuviga qo‘shayotgan munosib hissasi, fidokorona mehnati va faolligi alohida qayd etildi.

 Faol va ilg‘or psixologlar o‘zlarining samarali mehnatlari uchun faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar. Barcha psixologlarni kasb bayrami bilan muborakbod etamiz!