️O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining ️»Maktabgacha ta’lim tashkiloti va pedagoglarning ish hujjatlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi hamda ️»Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida «Ekologik burchaklar» va «Ekologik so‘qmoqlar»ni tashkil etish to‘g‘risida»gi buyrug‘iga asosan Respublika miqyosida Nukus tumani 3-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida barcha tuman (shahar) lik maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tarbiyachilari ishtirokida seminar o‘tkazildi.

Seminar davomida «Ekologik burchaklar»ni samarali tashkil etish, bolalarda tabiatga mehr, ekologik madaniyat va mas’uliyat hissini shakllantirish bo‘yicha ilg‘or tajribalar o‘rgatildi.

️ Tadbir ishtirokchilari o‘zaro tajriba almashib, maktabgacha ta’limda ekologik tarbiya samaradorligini oshirishning amaliy yo‘llarini tahlil qildi.