Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi ayrim umumiy o‘rta ta’lim maktablariga sut mahsulotlari belgilangan talablarga muvofiq yetkazib berilmagani bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-11 yoshdagi o‘quvchilari uchun tasdiqlangan 5 kunlik ovqatlanishda 1-kunlik taomnoma bo‘yicha 2,0-3,2 foiz yog‘lilikdagi, 125 ml hajmdagi, kartonli Tetra Pak idishdagi sut mahsuloti belgilangan.
2026 yil 26 oktyabr kuni ayrim maktablarga keytering tashkiloti tomonidan tasdiqlangan taomnomada belgilangan kartonli Tetra Pak qadog‘idagi sut o‘rniga plastik idishdagi 125 ml sut mahsuloti yetkazib berilgan. Bu mahsulotlar maktablarda tuzilgan maxsus komissiyalar tomonidan qabul qilinib, maktablarda olib qo‘yilgan.
Aniqlangan holat bo‘yicha maktablarda tuzilgan maxsus komissiyalar faoliyatini takomillashtirish va mahsulotlarni qabul qilish jarayonidagi nazoratni kuchaytirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.
Shuningdek, maxsus komissiya a’zolariga bunday holatlar takrorlanmasligi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilib, qat’iy ogohlantirildi. Bundan tashqari, keytering tashkilotiga mahsulotlarni tasdiqlangan taomnoma talablariga muvofiq yetkazib berish bo‘yicha ogohlantirish xati yuborilganligini ma’lum qilamiz.
















