Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish sektori mutaxassisi Qurbanova Nurjamal Baxbergenovna o‘zining bilimga chanqoqligi, izlanuvchanligi va ilmiy faollikka bo‘lgan yuqori qiziqishi bilan jamoada alohida e’tiborga loyiq mutaxassislardan biri hisoblanadi.
N.Qurbanovaning «Every civil servant is obliged to comply with ethical standards» («Odob-axloq qoidalariga rioya qilish har bir davlat xizmatchisining burchi») nomli ilmiy maqolasi Amerika Qo‘shma Shtatlarida nashr etiladigan «International journal of artificial intelligence» xalqaro impakt-faktorli jurnalida chop etildi.

















