Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti hamkorligida nemis tili o‘qituvchilari uchun ochiq muloqot tashkil etildi.

Ochiq muloqot universitetning nemis tili kafedrasida o‘tkazilib, unda o‘qituvchilarga B2 darajasi imtihoni formati bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish maqsad qilingan.

Tadbirda Germaniyadan kelgan volontyor Russel Artur, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ul vakillari hamda barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarining nemis tili o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Tadbirdan so‘ng o‘qituvchilar Gyote-Institutining O‘zbekistondagi filiali tomonidan taqdim etilgan nemis tilidagi adabiyotlar va qo‘llanmalarni o‘rganish maqsadida Respublika bolalar kutubxonasiga tashrif buyurdi.